Bizning vazifamiz Putin xato o‘ylayotganini isbotlash – Kemeron 

Olam

image

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga Ukrainadagi mojaroda g‘alaba qozonish ehtimoli haqida xato o‘ylaganini isbotlashni G‘arb siyosatchilarining umumiy ishi deb atadi. Bu haqda TIV rahbari X ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.

"To‘liq miqyosdagi bosqindan ikki yil o‘tib, Putin hali ham g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonadi. U xato o‘ylayotganini isbotlash bizning vazifamiz", deydi Kemeron.

Ma’lumot uchun, 24 fevral kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri va uning polshalik mavqedoshi Radoslav Sikorski “Politico” va “The Sun” gazetalarida hammualliflikda maqola chop etdi. Unda Ukrainaning G‘arb ittifoqchilari Kiyevni qo‘llab-quvvatlashning beshta ustuvor yo‘nalishiga, jumladan, Rossiya Federatsiyasining muzlatilgan aktivlarini musodara qilishga e’tibor qaratishi kerakligi ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba G‘arb davlatlari Ukrainaga jo‘natishi mumkin bo‘lgan o‘z o‘q-dorilari yo‘qligi sababli ularni uchinchi davlatlardan qidirayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Buyuk Britaniya Vladimir Putin Devid Kemeron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing