Biznesni tugatishning yangi tartibi belgilandi
Jamiyat
−
17 dekabr 2019
4827Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan bir qator qonunlarga tuzatishlar kiritildi. Bu haqda “Norma” xabar bermoqda.
2020 yil 1 yanvardan tugatish jarayonlari soddalashtiriladi. Xususan, korxonani tugatish to‘g‘risidagi e’lon bundan buyon bosma nashrlarda berilmaydi – uni Davlat xizmatlari agentligi saytiga joylashtirishning o‘zi yetarli bo‘ladi. Faoliyat yuritmayotgan korxonalarga faoliyatini tiklashga imkoniyat beriladi – avvaliga 3 yilga faoliyat yuritilmaydigan rejimga o‘tkaziladi, bu foyda bermasa tugatiladi.
Ilgari qonunosti hujjatlarida qabul qilingan tuzatishlar bilan qayd etilgan yangi tartib elementlari Fuqarolik kodeksi va “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlari to‘g‘risida” va 2Xususiy korxona to‘g‘risida”gi qonunlarga kiritildi.
Shu tariqa, yangi mexanizmni amaliyotga joriy etishda to‘sqinlik qilishi mumkin bo‘lgan qonun va qonunosti hujjatlari o‘rtasidagi ehtimoliy ziddiyatlar bartaraf etildi.
LiveBarchasi