Biznes-ombudsman reklama bannerlari buzib yuborilishini o‘rganmoqda

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida yuzlab tashqi reklama konstruksiyarlari hech qanday huquqiy asoslar ko‘rsatilmasdan buzib tashlanayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil – Biznes-ombudsman holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Biznes-ombudsman Toshkent shahrida tashqi reklama konstruksiyalari buzib yuborilishi qonuniyligini o‘rganmoqda. 

Mahalliy hokimiyat organlarining ushbu xarakatlari tadbirkorlar orasida keskin noroziliklarni keltirib chiqarayotganligini inobatga olgan holda, Biznes-ombudsman devoni mas’ul davlat organlari ishtirokida ushbu harakatlarning qonuniyligini o‘rganib chiqmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing