Bizga ishonib bo‘lmasligini yana necha marta isbotlash kerak – Bayden (video)

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden sobiq prezident va bo‘lajak saylovlardagi potensial raqibi Donald Trampni tanqid qilayotganida noto‘g‘ri gapirib qo‘ydi va o‘z ma’muriyatiga ishonish mumkin emasligini aytdi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.

Trampni abort bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirgani va butun mamlakat bo‘ylab taqiqdan voz kechishni taklif qilgani uchun tanqid qilayotgan Bayden sobiq prezident unga ishonish mumkin emasligini yana necha marta isbotlashi kerakligi haqida gapirmoqchi edi. Biroq u olmoshlarni adashtirib qo‘ydi va shunday dedi:

“Nega biz Trampdan hayratda qolganimizni qaysidir ma’noda tushunmayman. U bizga ishonish mumkin emasligini yana necha marta isbotlashi kerak?” degan Amerika rahbari.

Mahalliy matbuotning yozishicha, Bayden G‘azo sektoridagi urush tufayli yosh saylovchilar o‘rtasida qo‘llab-quvvatlashning pasayishi muammosiga duch kelgan. Qayd etilishicha, uning ma’muriyati xodimlari urushga qarshi namoyishlarni bostirish uchun ko‘proq kuch sarflashga majbur. Xususan, ular saylov tadbirlari vaqtida xavfsizlik choralarini kuchaytirishi kerak.

Muqaddasxon Sattarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Jo Bayden

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing