Biz Trampni o‘ldirmoqchimiz – Eron
Olam
−
25 fevral 2023
19437Rossiya Ukraina urushida Eron dronlaridan foydalanilgani ortidan G‘arbning xavotirlari kuchaygan bir paytda Eron Inqilobiy gvardiya qo‘mondonligi 1650 km masofaga ucha oladigan qanotli raketa ishlab chiqilganini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Qayd etilishicha, Inqilobiy gvardiya aerokosmik kuchlari rahbari Amirali Hojizoda kecha, 24 fevral kuni davlat televideniyesida chiqish qilib, yangi qurol respublika raketa arsenaliga qo‘shilganini e’lon qilgan. Televideniyeda yangi Paveh qanotli raketasining ilk kadrlari ko‘rsatilgan. Shuningdek, u Eronning AQSHdan qasos olish tahdidlarini eslatib, sobiq Prezident Donald Tramp o‘ldirilishini aytgan.
“Biz Trampni o‘ldirmoqchimiz. Sulaymoniyni joniga qasd qilgan harbiy qo‘mondonlar va [AQSHning] sobiq davlat kotibi Mayk Pompeo ham yo‘q qilinishi kerak”, degan Hojizoda o‘z intervyusida.
Shuningdek, general 2020 yilda Bag‘dodda Eron harbiy qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Qo‘shma Shtatlar tomonidan o‘ldirilganidan bir necha kun o‘tib, Iroqdagi AQSH kuchlariga ballistik raketa hujumi uyushtirganida Eron “bechora askarlarni” o‘ldirish niyatida bo‘lmaganini aytgan.
Ma’lumot uchun, Eron AQSHning qarshiliklari va Yevropa davlatlarining xavotir bildirishiga qaramay, raketa dasturini, xususan, ballistik raketalarini kengaytirgan. Rasmiy Tehron Eronning bu harakatlari sof mudofaa xususiyatiga egaligini ta’kidlab kelgan. Rossiya tomonidan Ukrainada qo‘llanilgan dronlarni esa urush boshlanishidan oldin Moskvaga yetkazib berilgani aytib kelinadi.
Alibek Beyjanov
LiveBarchasi