Biz tinchlik uchun qo‘limizdan kelgan hamma narsani qildik – Putin

Olam

image

Bugun, 18 yanvar kuni Leningrad qamali qulashining 80 yilligi munosabati bilan Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aholi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Unda Putin Rossiya Donbass mintaqasi atrofidagi vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun hamma narsani qilganini, ammo bu aslida imkonsiz ekanligi ta’kidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya 2014 yildan beri Ukrainada sodir bo‘lgan voqealarga, rusiyzabon aholiga nisbatan sodir etilgan hodisalarga jim qarab tura olmagan. 

“Biz uzoq vaqt sabr qildik, uzoq vaqt muzokara qilishga harakat qildik. Hozir ma’lum bo‘lishicha, bizni shunchaki aldashgan. Bu biz bilan birinchi marta sodir bo‘lmadi. Shunga qaramay, biz ushbu vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilish uchun qo‘limizdan kelganini qildik. Ammo endi bu aslida imkonsiz ekani aniq bo‘ldi”, deydi Putin.

Shuningdek, u hozirgacha davom etib kelayotgan Ukrainadagi voqealar bilan bog‘liq fojia 2014 yilda boshlanganini aytgan.

“Aslida, Donbassda 2014 yildan beri og‘ir texnika, artilleriya, tanklar va aviatsiyadan foydalangan holda keng ko‘lamli harbiy harakatlar to‘xtamagan. Bugun biz qilayotgan barcha narsalar, shu jumladan, “maxsus operatsiya” bu men ko‘p marta aytganimdek, urushni tugatishga urinishdir. Bu bizning operatsiyamizning mohiyati”, deya qo‘shimcha qilgan Putin.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Vladimir Putin Ukraina Donbass

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing