Biz “Real” bilan oxirigacha jang qilamiz – Yamal

Sport

image

“Barselona” vingeri Lamin Yamal “ko‘k-anorranglilar” Ispaniya chempionatida g‘oliblik uchun mavsum oxirigacha kurashishini aytdi.

“Biz “Real” bilan oxirigacha jang qilamiz. “Barselona” o‘zi ishtirok etayotgan barcha turnirlarda g‘alabani maqsad qiladi. Agar g‘alaba qozonishga imkoniyat bo‘lsa, demak oxirigacha harakat qilish kerak”, deydi Yamal.

Yamal kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2023 yilning yozida “Barselona”ning asosiy jamoasiga qo‘shilgan. Joriy mavsumda 16 yoshli futbolchi “ko‘k-anorranglilar” safida barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 60 million yevroni tashkil etadi.

“Barselona” La Liganing 29-turidan so‘ng, turnir jadvalida peshqadam “Real”dan 8 ochko ortda qolib, 2-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing