“Biz xato qildik”. Putin fuqarolik ob’ektlariga hujumlar haqida gapirdi
Olam
−
18:27 4224 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin harbiy operatsiya davom etayotgan bir paytda fuqarolik infratuzilmasiga zarbalar berilishining oldini olishning yagona yo‘li havo hujumidan mudofaa tizimini kuchaytirish ekanini aytdi. Bu haqda u Sharqiy iqtisodiy forumning yalpi majlisida so‘z ochdi.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomoni qurolli mojaro sharoitida ham fuqarolik ob’ektlari hujum nishoniga aylantirilmasligi kerak, degan qarashdan kelib chiqqan.
“Biz bu vaziyatga nega duch keldik? Chunki fuqarolik ob’ektlari har qanday hujum nishoniga aylanishi mumkin emas, deb hisoblagan edik. Shu ma’noda biz xato qildik. Afsuski, dushmanimiz boshqacha fikrlaydi”, degan Putin.
Putinga ko‘ra, Rossiya zarbalarga “ko‘zgu tamoyili” asosida javob berishga majbur bo‘lgan, kompaniyalar esa o‘z korxonalarini himoya qilishga mablag‘ yo‘naltira boshlagan. Prezidentning ta’kidlashicha, ko‘rilayotgan choralar allaqachon kerakli natijalarni bermoqda.
“Biz buni davom ettiramiz. Bu kelajak uchun foydali bo‘ladi. Bu har doim xavfsizlikning ma’lum shartlari va kafolatlarini yaratadi. Ta’mirlash ishlari olib borilmoqda”, deya qo‘shimcha qilgan Prezident.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin Ukrainadagi hujumlar oqibatida zarar ko‘rgan logistika va omborlar sig‘imlarini tiklash kerakligini aytgan edi.
Live
Barchasi