Biz dunyo bilan ijobiy hamkorlik qilishga tayyormiz – “Tolibon”
Olam
−
24 Oktabr
3616Afg‘onistondagi “Tolibon”muvaqqat hukumati endi dunyo bilan ijobiy hamkorlik qilishga tayyor. Bu haqda muvaqqat hukumat ichki ishlar vaziri Sirajuddin Haqqoniy “The New York Times” ga bergan maxsus intervyusida so‘z ochdi.
Nashrning yozishicha, Haqqoniy hozirgi Afg‘oniston hukumati birligini ta’kidlagan va hech qanday bo‘linish yo‘qligini qayd etgan.
“Tolibon” rahbariyati yagona qonun va yagona yetakchiga ega mustaqil hukumat tuzdi. Hozir Afg‘oniston uchun birlik muhim, shunda bizda tinch davlat bo‘ladi”, degan u.
Nashrga ko‘ra, “Tolibon” hukumati dunyo, jumladan, G‘arb bilan munosabatlarni o‘rnatishda nozik chiziqda muvozanat saqlamoqda. Haqqoniy, shuningdek, G‘arbni eng ko‘p tashvishga solayotgan masalaga javob bergan. Unga ko‘ra, qizlarning ta’lim olishiga qo‘yilgan taqiq abadiy davom etmaydi.
“Hozirgi vaziyat qizlarga maktabga borish va ta’lim olishdan butunlay voz kechishini anglatmaydi,” dedi Haqqoniy.
Bundan tashqari, u ISHID va “Al-Qoida” tomonidan mavjud tahdidlarni to‘xtatishga va’da bergan.
“Afg‘onistonda hech qanday terrorchilik guruhlari yo‘q. Islomiy Amirlik mamlakatning har bir burchagini nazorat qiladi”, dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq muvaqqat hukumat bosh vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Abdul Kabir “Tolibon” qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga harakat qilayotganini ma’lum qilgan edi.
LiveBarchasi