Bivolning promouteri bokschining Beterbiyevga qarshi jangi bo‘yicha fikr bildirdi

Sport

image

Yengil vazn toifasida WBA chempioni rossiyalik Dmitriy Bivolning promouteri Eddi Xirn WBC, IBF va WBO chempionlik unvonlari sohibi Artur Beterbiyev bilan jang bo‘yicha fikrlarini bildirdi. Bu haqda “DAZN Sport” xabar berdi

“Bu, ehtimol, boksdagi eng katta janglardan biri bo‘ladi. Ammo Kanelo Alvares ham quyi divizionda mutlaq chempionlik unvoni uchun Dmitriy Bivolga raqiblik qilmoqchi. Demak, Bivolning kelajagidan umidlar katta. Bivol bahorda Joshua Buatsi bilan jang qilishi, keyin esa Kanelo bilan mutlaq chempionlik uchun kurashishi mumkin. Jang g‘olibi esa Beterbiyev yoki Kallum Smit bilan jang qiladi”, deydi Xirn.

Ma’lumot uchun, Bivolning aktivida 21 ta g‘alaba (11 ta nokaut) mavjud.

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni Bivol Amerika boks yozuvchilari uyushmasidagi ovoz berish natijalariga ko‘ra, 2022 yilning “Yil bokschisi” mukofotini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Bivol Beterbiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing