Bivol Rossiyaning eng yaxshi bokschisi kim ekanligini aytdi

Sport

image

Rossiyalik bokschi, yengil vaznda WBA Super chempionlik kamari sohibi Dmitriy Bivol Konstantin Szyuni Rossiya sporti tarixidagi eng yaxshi bokschi deb bilishini tan oldi.

“Men Konstantin Szyu Rossiya sporti tarixidagi eng yaxshi bokschi degan fikrga qo‘shilaman. Uning juda ko‘p kamarlari bor. Szyu rossiyalik yagona mutlaq jahon chempioni”, deydi Bivol.

Ma’lumot uchun, 34 ta jangning 31 tasida g‘alaba qozongan Szyu yarim o‘rta vazn toifasida jahon chempioni hisoblanadi. Sobiq bokschi WBA, WBC, IBF yo‘nalishlarida o‘tkazgan janglarining 25 tasida raqiblarini nokautga uchratgan.

Eslatib o‘tamiz, 11 yanvar kuni Dmitriy Bivol Amerika boks yozuvchilari uyushmasi tomonidan 2022 yilning “Yil bokschisi” mukofotini qo‘lga kiritgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tszyu Bivol

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing