Bivol Ahmadaliyevning jangi haqida nimalar dedi?
Sport
−
14 aprel 2023
13264Yarim og‘ir vaznda WBA yo‘nalishi jahon chempioni, professional bokschi Dmitriy Bivol o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Ahmadaliyevning oxirgi jangi natijasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Ochig‘ini aytsam, bu sharmandalik va bunday holatlar boks uchun katta zararga ishlaydi. Bu jangda Murodjonning aniq g‘alaba qozonganini ko‘rdim va natija e’lon qilinganida hayratda qoldim”, deydi Bivol.
Ta’kidlash joiz, 9 aprel kuni AQSHning San-Antonio shahrida o‘tkazilgan boks oqshomida Murodjon Ahmadaliyev 12 raund davom etgan chempionlik jangida ochkolar bo‘yicha filippinlik bokschi Marlon Tapalesga imkoniyatni bor bergandi. Ko‘pgina mutasaddilar aslida bu jangda o‘zbekistonlik bokschi ustunlik qilganini ta’kidlab, hakamlar qarorini noto‘g‘ri deb hisobladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq yana bir o‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov Ahmadaliyevning jangi bo‘yicha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, hakamlar adolatli qaror chiqarmaganini aytib o‘tgandi.
LiveBarchasi