Bitkoinga xayrixoh bo‘lgan Mask birdan 15 mlrd dollarga kambag‘allashdi

Olam

image

Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask 15,2 milliard dollar yo‘qotdi va dunyoning eng boy odamlari reytingidan birinchi o‘rinni boy berdi. Bu haqda "Bloomberg" xabar bermoqda. 

Agentlikka ko‘ra, Tesla aksiyalari bitkoin kriptovalyutasi narxining pasayishi fonida 8,6 foizga tushib ketgan. 

Kriptovalyuta narxi tushishidan biroz oldin kompaniya o‘z balansiga 1,5 milliard dollar bitkoin qo‘shganini e’lon qilgandi. 

Shu bilan birga, bitkoin narxining tushishi qisman Maskning o‘ziga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki u kriptovalyutalar narxini juda yuqori deb bayonot bergan. 

Avvalroq, bitkoin kriptovalyutasi narxi 10 foizdan ko‘proqqa tushib ketgani haqida xabar bergandik. 


Maqola muallifi

Teglar

Ilon Mask bitkoin

Baholaganlar

159

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing