Bitkoin narxi yana o‘sishni boshladi
Texnologiya
−
02 mart 2021
4081Bitkoin kriptovalyutasining narxi 10 foizdan ko‘proqqa o‘sdi. Buni "CoinDesk" portalining ma’lumotlari tasdiqlamoqda.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, eng yuqori cho‘qqida kriptovalyuta 49 ming 829 dollarga teng bo‘lgan.
Bundan tashqari, Toshkent vaqti bilan bugun, 2 mart kuni soat 04:30 da bitkoin kriptovalyutasining narxi bir donasi uchun 49 ming 662 dollar bo‘lgan.
Avvalroq, bitkoin kriptovalyutasi narxining pasayishi fonida Amerikalik tadbirkor, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari Ilon Mask 15,2 milliard dollar yo‘qotgani haqida xabar bergandik.
Ma’lumot o‘rnida, 2020 yil dekabr oyining ikkinchi yarmidan bitkoin narxi keskin ko‘tarila boshladi. Bitkoin narxi 16 dekabr kuni rekord darajada ko‘tarilib, 2017 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichdan oshib ketdi. O‘shandan beri u faol ravishda o‘sib keldi.
Bitkoin – bu blokcheyn texnologiyasiga asoslangan, shu tizimda ishtirok etuvchi har qanday foydalanuvchi tomonidan “qazib olinishi” (chiqarilishi) mumkin bo‘lgan kriptovalyuta. Buning uchun tizimning yangi bloklarini yaratish kerak bo‘ladi.
LiveBarchasi