Bitkoin narxi o‘zining tarixiy rekordini yangiladi
Olam
−
06 yanvar 2021
4403Bugun, 6 yanvar kuni eng mashhur kriptovalyuta – bitkoin narxi yana o‘zining tarixiy rekordini yangilab, 35 ming dollardan oshdi. Bu haqda “CoinMarketCap” portali xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 09:29 da olingan ma’lumotlarga ko‘ra, kriptovalyuta narxi 11,16 foizga o‘sgan va 20 dan ortiq birjalar uchun o‘rtacha 35 ming 634 dollarga ko‘tarilgan.
Shuningdek, bitkoin narxi savdo hajmi bo‘yicha eng yirik kriptovalyuta birjasi bo‘lgan Binance'da 35 ming 887 dollarga ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun, bitkoin butun dunyo kriptovalyuta bozorining taxminan 72,1 foizini tashkil qiladi.
Bitkoin 2020 yil dekabr oyining ikkinchi yarmidan qimmatlashni boshladi. 16 dekabrda bitkoin 20 ming dollarlik ko‘rsatkichdan o‘tib, rekord qayd etgandi. Shundan beri u o‘sishda davom etyapti.