Bitkoin narxi rekord darajada ko‘tarildi
Bu qiziq
−
11 noyabr
5163Donald Trampning AQSH prezidentlik saylovlaridagi g‘alabasidan so‘ng bitkoin narxi 84 ming dollardan oshdi va yana o‘sishda davom etmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi.
Toshkent vaqti bilan 21:00 holatiga ko‘ra, bitkoin narxi ilk bor 84 ming 345 dollarni tashkil qilmoqda. Bir oy avval, 12 oktyabr kuni uning narxi 63 ming 53 dollar edi.
“Bloomberg” nashriga ko‘ra, bitkoin narxining oshishiga AQSH prezidentlik saylovlarida Donald Trampning g‘alabasi va Kongressda kriptovalyutaga ijobiy munosabatda bo‘lgan qonunchilarning kelish ehtimoli sabab bo‘lmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, raqamli aktivlar sanoati saylovlarda kriptoaktivlarga ijobiy munosabatda bo‘lgan nomzodlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollardan ortiq mablag‘ sarflagan.
O‘z o‘rnida, saylovoldi kampaniyasi davomida Tramp AQSHni “bitkoinning superdavlati”ga aylantirish va milliy strategik bitkoin zaxirasini yaratish, unda davlat o‘z tokenlarini saqlashini va’da qilgan. Nashrning yozishicha, hozircha savdogarlar bu va’dalarning qay darajada amalga oshishini va real strategik zaxirani unchalik e’tiborga olmayapti.
Eslatib o‘tamiz, sentyabr oyida birjada oltin narxi rekord o‘rnatib, 20 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:12 holatiga ko‘ra, Chikago tovar birjasida oltinning dekabrdagi shartnomasi narxi unsiya uchun 2640,4 dollarga yetgandi.
LiveBarchasi