Bishkekda taniqli tashkilotchining jasadi topildi
Olam
−
14 Oktabr 2019
6055Qirg‘iziston poytaxti Bishkekning Asanbay mitti tumanida bugun, 14 oktyabr kuni soat 9:30da taniqli bayram tadbirlari tashkilotchisi Yegor Panshinning jasadi topildi. Bu haqda 24. kg xabar bermoqda.
Voqea joyiga yetib kelgan tezkor-tergov guruhining aniqlanishicha, jasad bo‘ynida maishiy elektr uzatish shnuri bilan daraxtga bog‘langan bo‘lgan. 45 yoshli Yegor Panshin ekani aniqlandi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Panshin yaqinda o‘z ishida muammolarga va qarzdorlikka duch keldi.
Hozirda barcha zarur sud-tibbiy ekspertizalar tayinlandi va holat o‘rganilmoqda.