Bishkekda Issiqko‘l dunyo markazi sifatida ko‘rsatilgan xarita o‘rnatiladi

Olam

image

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida dunyo geografiyasi haqidagi odatiy tasavvurlarni o‘zgartiruvchi xarita o‘rnatiladi. Unda Yer markazi sifatida Yevropa yoki Yaqin Sharq emas, balki Issiqko‘l ko‘rsatiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Prezidentining matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ob’ekt uchun Markaziy Osiyodagi Islom uyg‘onish davrida – XI asrda mutafakkir Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan yaratilgan xaritaning nusxasi foydalaniladi. Aynan shu tarixiy xaritada Issiqko‘l dunyoning markazi sifatida tasvirlangan.

Xabarda ushbu tashabbusni davlat kotibi Arslon Qo‘ychiyev ilgari surgani aytilgan. Shuningdek, Madaniyat vazirligiga bu loyiha bo‘yicha tanlov o‘tkazish va poytaxtda o‘rnatiladigan installyatsiya uchun eng yaxshi loyihani tanlash vazifasi topshirilgan.

Loyiha Mahmud Qoshg‘ariyning 1000 yilligiga bag‘ishlanadi. Xarita shunchaki san’at ob’ekti bo‘lib qolmay, balki O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo ilm-fan va madaniyat rivojida qanday muhim o‘rin tutganini eslatib turadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qirg‘izistonda O‘sh shahri hokimi Jenishbek Toktorbayev unga sovg‘a qilingan mashinani hokimiyat ixtiyoriga topshirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston Bishkek Mahmud Qoshg'ariy Xarita

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing