Bishkek shahri meri koronavirusga chalindi

Olam

image

Qirg‘izistonning Bishkek shahri meri Aziz Surakmatov koronavirusga chalindi. Bu haqda mamlakat poytaxti meriyasi rahbari Balbak Tulobayev ma’lum qildi.

"Afsuski, Bishkek meri A. Surakmatov tomonidan o‘tkazilgan COVID-19 uchun so‘nggi test ijobiy natija berdi", deb yozadi Tulobayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shahar hokimi so‘nggi uch kun davomida o‘zini o‘zi izolyatsiyaga olgan, uning harorati past. "U masofadan turib ishlaydi, shahar va tezkor shtablar, shahar xizmatlari va tuzilmalari me’yorda ishlamoqda. Iltimos! Virus mavjud va bu xavfli! Niqoblarni taqing! Gigiyena vositalaridan foydalaning! Hech qayerga bormang!", deya ta’kidladi apparat rahbari.

Bugungi kunga qadar Qirg‘izistonda bu kasallikka chalinganlarning umumiy soni 2 981 kishiga yetdi. 35 kishi vafot etdi. 1981 nafar bemor sog‘ayib, shifoxonalardan chiqarildi.

Avvalroq, Qirg‘iziston parlamenti Matbuot xizmati rahbari Ibrohim Nurakun o‘g‘lida ham koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar bergan edik.

Kecha, 19 iyun kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov respublika hukumati a’zolaridan niqob rejimi va koronavirusning xavfsiz masofasiga rioya qilmaganlik uchun jarima to‘lashni talab qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

28

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing