Birja: benzin, paxta yog‘i va shakar arzonlashdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 – 26 dekabr kunlari ochiq birja savdolari orqali jami 1 840,0 mlrd so‘mlik tovar resurslari sotilgan. Benzin, shakar va paxta yog‘i narxlarida pasayish qayd etilgan. Bu haqda “O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
   
Qayd etilishicha, o‘tgan haftada birjada AI-80 rusumli avtomobil benzinining narxi sezilarli pasaygan. O‘rtacha kunlik sotuv hajmlari 4,4 ming tonnani, sotuvning umumiy hajmi 21 940,0 tonnani tashkil etgan.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda AI-80 rusumli avtomobil benzinining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 8 151,3 ming so‘mdan 7 762,3 ming so‘mgacha, ya’ni 4,8 foizga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida AI-80 rusumli avtomobil benzini bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 914,2 ming so‘mni tashkil etgan.

Paxta yog‘i

O‘tgan haftada birja savdolarida 2 601,0 tonna paxta yog‘i sotildi. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 61 xaridor ishtirok etdi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda barcha navli paxta yog‘ining kunlik o‘rtacha narxlari mahsulotning bir tonnasi uchun 15 745,9 ming so‘mdan 15 616,9 ming so‘mgacha, ya’ni 0,8 foizga pasayganini ta’kidlash lozim.

Shakar

Birjaning shakar bozorida narxlar pasayishi qayd etildi. Hafta davomida birja savdolariga 11 982,0 tonna shakar qo‘yildi va ulardan 9 635,0 tonnasi, ya’ni 80,4 foizi sotildi.

Ko‘rib chiqilayotgan davrda shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan kunlik o‘rtacha narxlar mahsulotning bir tonnasi uchun 7 864,9 ming so‘mdan 7 759,9 ming so‘mgacha, ya’ni 1,3 foizga pasaygan.

O‘tkazilgan birja savdolari natijasida mahalliy shakarning TS-2 – kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha haftalik narxi mahsulotni bir tonnasi uchun 7 789,0 ming so‘mni tashkil etdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

352

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing