Birorta yollanma ishchi shartnomasiz paxta dalasiga chiqmaydi – Vazir o‘rinbosari
Jamiyat
−
05 Sentabr 2020
7029Bu yil paxta mavsumida ishlovchi barcha yollanma ishchilar mehnat shartnomasisiz paxta dalasiga olib chiqilmaydi. Bu yil "hasharchi" atamasidan butkul voz kechiladi. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri o‘rinbosari Bahodir Umrzoqov ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, paxta terimi juda ham og‘ir jismoniy mehnat bo‘lgani uchun uning tashkiliy va moliyaviy tomonlarini Hukumat miqyosida har tomonlama yondashib yangicha ish tashkil etiladi. Endilikda, paxta terimida qatnashuvchi yollanma ishchi mehnat shartnomasisiz paxta dalasiga chiqmaydi.
“Endilikda paxta dalasiga chiqqan ishchilarga “hasharchi” degan ibora ishlatilmaydi. Paxtada hashar masalasiga chek qo‘yiladi. Paxta jarayonida albatta ko‘ngili holda mehnat shartnomasi bilan amalga oshiriladi”, dedi Bahodir Umrzoqov.
Ahrorbek Hayrullayev
LiveBarchasi