Birorta ham masjid yo‘q tumanda ilk masjid qurilishi boshlandi
Jamiyat
−
21 fevral 2019
9890O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 21-23 fevral kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan I Xalqaro ziyorat turizmi forumida ishtirok etish uchun Buxoroga yetib bordi.
Usmonxon Alimov tashrifini Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanida yangi qurilayotgan jome masjidning birinchi g‘ishtini qo‘yib berishdan boshladi. Aytish o‘rinliki, ushbu tumanda shu kunga qadar birorta ham masjid yo‘q edi.
Buxoro viloyati Qorovulbozor tumanidagi yangi jome masjidga yirik muhaddis Abdulloh ibn Muborak nomi berildi. Jome masjid poydevoriga birinchi tamal toshini Usmonxon Alimov yaxshi tilak va xayrli duolar bilan qo‘yib berdi.
Yangi jome masjid qurilishi tez orada yakunlanib, mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshiriladi.
LiveBarchasi