Birinchi jang bo‘lgani uchun hayajonlandim – Mo‘ydinxo‘jayev

Sport

image

Serbiyaning Belgrad shahrida davom etayotgan Jahon chempionatida 67 kg vazn toifasida ishtirok etgan bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev birinchi davradagi g‘alabasidan so‘ng jang haqida fikr bildirdi.

“Shukrki, ilk jangimni g‘alaba bilan tugatib oldim. O‘zbekistonlik bokschilarning ishtirokini birinchi boshlab berganim uchun biroz hayajon bo‘ldi va bu mas’uliyat ekanligini his qilib turgandim. Keyingi bahslarda ushbu hayajon biroz bosiladi va o‘z imkoniyatlarimni bundan ham yaxshiroq namoyon etishga harakat qilaman. Menga yordam bergan va ko‘rsatma berib turgan murabbiylarimga rahmat. Qo‘llab-quvvatlab turganlardan ham minnatdorman. O‘zimga bildirilgan ishonchni maksimal tarzda oqlashga harakat qilaman”, deydi Mo‘ydinxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, kecha, 25 oktyabr kuni Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionati start oldi.

Ma’lumot uchun, chempionatning ilk kunida O‘zbekiston milliy jamoasi vakillaridan birinchi bo‘lib -67 kg vazn toifasida Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev ringga ko‘tarildi. Irlandiyalik Brendan Makkiviga qarshi jang qilgan Asadxo‘ja jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi.


Maqola muallifi

Teglar

AIBA Jahon chempionati Boks Asadxo'ja Mo'ydinxo'jaev

Baholaganlar

12

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing