Birinchi o‘qni Rossiya otdi. Toqayev Putinnikida mehmonda
Olam
−
03 aprel 2019
17156Bugun, 3 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Moskvaga rasmiy tashrif bilan kelgan Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jomart Toqayevni qabul qildi.
Ikki tomonlama muzokaralar davomida rasmiy Moskva rasmiy Nur-Sultonga atom elektrostansiyasi qurishni taklif etgan.
“Biz o‘zaro hamkorlikning yangi shakliga o‘tishni taklif qilmoqdamiz. Birinchi navbatda Qozog‘istonda Rossiya texnologiyalari asosida AES qurish mumkin”, deb aytib o‘tdi Rossiya rahbari.
Shuningdek, Putin ikki mamlakatning neft-gaz sohasida faol hamkorligini alohida qayd etib o‘tdi.
Muzokaralar davomida ikki davlat rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi. Har ikki tomon ushbu hujjat strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash borasidagi muhim qadam ekanligini qayd etib o‘tdi.
Ma’lumot uchun, Qozog‘istonning yangi prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ilk rasmiy xorijiy tashrif bilan Rossiyada bo‘lib turibdi.