Birinchi Prezidentning o‘g‘li Moskvada to‘satdan vafot etdi

Olam

image

Kecha, 5 fevral kuni Moskvada kutilmaganda Qirg‘iziston birinchi Prezidenti Asqar Akayevning o‘g‘li Aydar vafot etdi. Bu haqda “24.kg” nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 44 yoshli Aydar Akayevning yuragi qo‘qqisdan to‘xtab qolgan. Shifokorlar uni qutqarishga ulgurmagan.

Ma’lumot uchun, 2005 yilda inqilob natijasida hokimiyatdan ag‘darilgan Akayevning to‘rt farzandi bor: Bermet, Aydar, Saadat va Ilim.

Akayevlar oilasi Moskvaga ketgach, Aydar biznes bilan shug‘ullangan. Aydar taniqli kinematografiyaga aloqador Chokubayevlar oilasi vakili Saykal bilan turmush qurgan. Ularning ikki nafar farzandi bor.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

5539

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing