Birinchi xonim Saida Mirziyoyeva va Diyora Usmonova hamrohligida Buxorodagi shifoxonaga bordi
Jamiyat
−
15 mart 2021
30700O‘zbekiston Respublikasining Birinchi xonimi – “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva ikki kundirki Buxoro viloyatida tibbiyot muassasalaridagi holat bilan tanishyapti. Unga to‘ng‘ich qizi Saida Mirziyoyeva va taniqli xonim Diyora Usmonova hamrohlik qilyapti.
Buxoro viloyatiga tashrifi davomida “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi Ziroat Mirziyoyeva viloyat ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazining bolalar onkogematologiyasi bo‘limida bo‘lib, u yerda bemorlar bilan suhbatlashdi. Fond bolalarning gematologik va onkologik xizmatlarini birlashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.
Shuningdek, “Temir daftar” tarkibiga kiritilgan yurak-qon tomir kasalliklari tashxisi bor 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun jarrohlik amaliyotlarini amalga oshirish xayriya loyihasi boshlanganligi haqida e’lon qilindi. Bugungi kunga kelib, “Temir daftar” ro‘yxatidagi ushbu tashxis qo‘yilgan bolalarning umumiy soni qariyb 300 kishini tashkil etadi.
Ziroat Mirziyoyeva birinchi jarrohlik amaliyotidan o‘tadigan bolalar va ularning ota-onalari bilan uchrashgan.
“Bolajonlar sog‘ayib ketsin deb, siz – duodasiz, shifokorlar – harakatda. Biz ham shu xayrli ishga hissamizni qo‘shish, sizni qo‘llab-quvvatlash uchun keldik. Bizning harakatlarimiz o‘z samarasini beradi deb umid qilamiz”, degan “Zamin” fondi Vasiylik kengashi raisi.
LiveBarchasi