Biri tog‘dan, biri bog‘dan. Gaz importi bo‘yicha raqamlar nega bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi?

Jamiyat

image

2023 yilning dastlabki olti oyida O‘zbekiston gaz importini keskin oshirib, 2,6 mlrd kub metr – 2022 yilning shu davriga nisbatan 7,2 barobar ko‘p gaz import qilgan. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligining Davlat byudjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotida ma’lum qilindi.

Hujjatga ko‘ra, birinchi yarim yillikda gaz qazib olish 9,6 foizga yoki 2,51 mlrd kub metrga kamayib, 23,6 mlrd kub metrni tashkil etgan. Shu vaqt ichida 2,6 mlrd kub metr gaz import qilingan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 364 mln kub metrga ko‘pdir.

Statistika agentligi esa yanvar-iyun oylarida O‘zbekiston 200 mln dollarlik gaz import qilgani va bu o‘tgan yilning birinchi yarmiga nisbatan 2,6 barobar ko‘pligi haqida ma’lumotlarni taqdim etgan.

Iqtisodiyot vazirligi tomonidan e’lon qilingan ko‘rsatkichlar Statistika agentligining ma’lumotlaridan anchagina farq qiladi.

Shuningdek, agentlikning hisobotida avgust oyida jami 3 924,6 mln kub gaz qazib olingani ma’lum qilingan. Gaz qazib olish o‘tgan yilning avgustiga nisbatan 391 mln kubga qisqargan. Yil boshidan hisoblaganda esa gaz qazib olish 3 260,3 mln kubga kamaygan.  

Iyul oyida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov birinchi yarim yillikda davlat byudjeti taqchilligi oshishiga gaz importining ko‘payishi sabab bo‘lganini aytgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Xitoyga 370,57 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilgani haqida xabar berilgandi.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

gaz import

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing