O‘zbekiston Xitoyga qancha gaz sotgani ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
21 Sentabr 2023
11914O‘zbekiston tabiiy gazining Xitoyga eksporti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 40 foizga kamaygan. Bu haqda TASS Xitoy Xalq Respublikasi bojxona bosh boshqarmasi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Avgust oyida O‘zbekistondan Xitoyga oylik gaz yetkazib berish iyul oyidagi ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 18 foizga pasayib, 75,27 million dollarni tashkil etdi. Bungacha O‘zbekiston gaz eksportini ikki oy ketma-ket oshirgan.
Yanvar-avgust oylarida O‘zbekiston Xitoyga 370,57 million dollarlik tabiiy gaz eksport qilgan.
Turkmaniston Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha yetakchilikni saqlab qolishda davom etib, sakkiz oy ichida 6,63 milliard dollarlik gaz yetkazib berdi. Ikkinchi o‘rinda Rossiya, u eksport hajmini qariyb ikki baravar oshirib, 4,46 milliard dollarga yetkazgan bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Myanma (993 million dollar) va Qozog‘iston (782 million dollar) bormoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning UzGasTrade AJ va Turkmanistonning “Turkmengaz” davlat konserni o‘rtasida yiliga 2 milliard kub metrgacha turkman gazini yetkazib berish bo‘yicha qisqa muddatli shartnoma imzolangandi.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi