Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash tartibi belgilandi
Jamiyat
−
05 mart 2021
8103O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi davlat mukofotlari berilgan shaxslarga bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lashga mablag‘lar ajratish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga ko‘ra, bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotining miqdori taqdirlash to‘g‘risidagi Prezident Farmoni, qarori yoki Oliy Majlis palatalarining qarori qonuniy kuchga kirgan paytdan amalda bo‘lgan BHMdan kelib chiqib hisoblanadi.
“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni bilan taqdirlangan shaxslar oylik ish haqi yoki pensiyaga qo‘shimcha ravishda har oyda BHM miqdorida ustama haq oladilar.
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlarini to‘lash AT “Xalq banki”ning barcha filiallari tomonidan amalga oshiriladi.