Bir yilda 8,5 milliondan ortiq odam kambag‘allikdan chiqdi – Prezident
Jamiyat
−
11:48 435 1 daqiqa
Joriy yilda 5 million aholi daromadli bo‘lib, ishsizlik darajasi 5,5 foizdan 4,9 foizga tushdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 26 dekabr kuni Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llayotgan murojaatnomasida ma’lum qildi.
Prezidentning aytishicha, qariyb 1,5 million ehtiyojmand aholi kambag‘allikdan chiqqan, ilk bor 1 ming 435 ta mahalla “kambag‘allikdan xoli” hududga aylangan.
Kambag‘al oilalarga mansub 168 ming nafar bola davlat bog‘chalariga imtiyozli asosda qabul qilingan. Bu yildan boshlab 208 ta bog‘chada birinchi marta inklyuziv ta’lim tizimi joriy etilgan.
Mamlakatda kambag‘allik darajasi yil boshidagi 8,9 foizdan 5,8 foizga tushgan.
“Bu ishlarni boshlaganimizda aholining uchdan bir qismi kambag‘allik chegarasida yashardi. Kredit, subsidiya, kompensatsiya kabi 100 dan ziyod xizmatlar orqali ijtimoiy himoyaning mutlaqo yangi tizimini yo‘lga qo‘yganimiz va bularni mahalladagi «yettilik»ning o‘ziga berganimiz natijasida 8,5 milliondan ziyod odam kambag‘allikdan chiqdi, ishsizlik 2 karra qisqardi. Natijada uch yil oldin kambag‘allikni 2026 yil yakuni bilan 2 karra qisqartirish bo‘yicha olgan marramizni shu yilning o‘zida uddaladik”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Live
Barchasi