Bir shaxs kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar komissiyasiz bo‘ladi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda bir jismoniy shaxs kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar uchun komissiya bekor qilinadi. Bu haqda bugun, 5 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev tanishgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyatini barqarorlashtirish hamda tadbirkorlarni o‘ylantirayotgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan taqdimotda so‘z boradi.

Qayd etilishicha, yig‘ilishda raqamlashtirish va naqd pulsiz to‘lovlar yo‘nalishida aholi va biznes uchun qulaylikni oshirishga qaratilgan takliflar bildirilgan. Xususan, ayrim tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirish amaliyoti kengayib borayotgani bois, bank infratuzilmasi, komissiyalar va iste’molchilarga qaytariladigan keshbek tizimini takomillashtirish zarurligi qayd etilgan.

Jismoniy shaxslarning o‘z bank kartalari o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini komissiyasiz amalga oshirish, naqdsiz to‘lovlarni aholi uchun qulay bo‘lgan shakllarini ko‘paytirish, umumiy ovqatlanish, alkogol, tamaki va yoqilg‘i sotish sohalarida xarid cheki bo‘yicha hisoblangan keshbekni tezkor qaytarish imkoniyatini yaratish taklif etilgan. Shu bilan birga, bank kartalari orqali amalga oshiriladigan operatsiyalarda xavfsizlikni ta’minlash maqsadida joriy etilgan antifrod SMS-xabarnomalar bo‘yicha xarajatlarni qayta ko‘rib chiqish, mobil ilovalardagi xabarnomalar yoki biometrik identifikatsiya kabi muqobil yechimlardan foydalanish taklif qilingan.

Soliq ma’murchiligi va moliyaviy jarimalar yo‘nalishida soliq imtiyozlarini qo‘llashda yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni bartaraf etish, soliq qarzdorligi bo‘yicha hisoblanayotgan penya asosiy qarz summasidan oshib ketmasligi bo‘yicha normani joriy etish, chek bermaslik holati yuzasidan xabar yuborish tizimini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish, QQS guvohnomasini to‘xtatish tartibini takomillashtirish ilgari surilgan.


Maqola muallifi

Teglar

komissiya karta o'tkazma

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing