Bir paytlar “Yangi Messi” deb atalgan futbolchi faoliyatini tugatmoqda

Sport

image

“Barselona”, “Roma”, “Milan” va “Ayaks” klublarida o‘ynagan yarim himoyachi Boyan Krkich futbolchilik faoliyatini yakunlamoqda. Bu haqda “Diario AS” xabar berdi.

Uning sobiq jamoadoshi Jerar Pike bugun, 23 mart kuni futboldan rasman ketadigan Krkich bilan xayrlashuv tadbirida ishtirok etishini ma’lum qildi.

32 yoshli Krkich yanvar oyida Yaponiyaning “Visel Kobe” klubini tark etganidan so‘ng erkin agentga aylangandi.

Krkich faoliyati davomida Ispaniya va Niderlandiya chempionligini, Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. “Barselona”da o‘ynab yurgan kezlarida mutaxassislar uni Messining davomchisi deb e’tirof etgandi. Krkich Ispaniya terma jamoasida ham bitta o‘yin o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona futbol Yangi Messi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing