“Bir oylik” harbiy xizmat uchun to‘lov arzonlashishi mumkin

Jamiyat

image

Bugun, 27 avgust kuni Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisida “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi qonun muhokamasida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun to‘lanadigan mablag‘ miqdori yuqori ekanligiga ham e’tibor qaratildi. 

Majlisda senatorlar safarbarlik chaqiruv rezervidagi harbiy xizmatni o‘tash uchun to‘lanadigan mablag‘lar miqdorining yuqori ekani, bu esa aholi orasida turli e’tirozlarga sabab bo‘layotganini tanqid qildi. 

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva senatorlarning fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan holda safarbarlik chaqiruv rezervidagi xizmatni o‘tash uchun to‘lov miqdorini yoki arzonlashtirish yoki muqobil variantini topish yuzasidan Mudofaa vazirligi mas’ullariga ikki hafta muddatda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritishi yuzasidan topshiriq berdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing