Bir necha viloyatga yangi sudyalar tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishida bir necha viloyatlarga turli yo‘nalishlarda sudyalar tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, yig‘ilishda Kengash huzuridagi Sudyalar oliy maktabining bir guruh bitiruvchilarini ushbu lavozimda bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga tayinlashga oid masala ko‘rib chiqilgan. E’tiborlisi, jarayonga nomzodlarning ota-onalariga ham taklif etilgan. 

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

•  G‘aniyev Aziz Kuchimuratovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Sirdaryo viloyati Guliston tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

•  Rahimov Farrux Baxramovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent shahar Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi lavozimiga;

•  Qurbonov Bahodir Husanovich – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi lavozimiga;

•  Suvonova Shahnoza Eshpulatovna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Toshkent viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Chirchiq tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga;

•  Toshmatova Mamlakatxon Abdulxayevna – sudyalik lavozimida bo‘lishning birinchi besh yillik muddatiga Andijon viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Izboskan tumanlararo sudining sudyasi lavozimiga tayinlangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyat sudi raisi Tal’atjon Baxtiyorovich Meliboyev, Buxoro viloyat sudi raisi Luqmon Muxtorovich Qodirov, Jizzax viloyat sudi raisi O‘tkirjon Buranovich Jumayev, Xorazm viloyat sudi raisi Bahodir Husaynovich Polvonov o‘z lavozimlaridan ozod etilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo tayinlov Andijon Farg'ona Chirchiq Sud'ya Izboskan Sud'yalar oliy kengashi Sud'yalar oliy maktabi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing