Bir martalik plastik idishlardan bosqichma-bosqich voz kechish lozim
Jamiyat
−
03 Oktabr
4939O‘zbekiston Ekologik partiyasi tomonidan mamlakatda polietilen, poliamid tarkibli qadoqlash mahsulotlari, bir martalik ishlatiladigan plastik idishlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish tashabbusi ilgari surilayotgani hech bir o‘zbekistonlikni befarq qoldirmasa kerak.
Mamlakatda yiliga o‘rtacha 6,8 mln tonna maishiy chiqindi hosil bo‘ladi. Chiqindilarning katta qismini kimyoviy tarkibli qadoqlash mahsulotlari hamda bir marta ishlatiladigan plastik idishlar tashkil etadi. Ularning saqlanish muddati juda uzoq. Masalan, chiqindilar tarkibidagi shisha idish million yil, plastik ichimliklar idishlari 450 yil mobaynida saqlanib qoladi. Ular inson sog‘lig‘i va hayotiga xavf soladi.
Bu borada, Ekologik partiyaning mamlakatda polietilen, poliamid tarkibli qadoqlash mahsulotlari va bir marta ishlatiladigan plastik idishlardan foydalanishdan bosqichma-bosqich voz kechish tashabbusi har tomonlama o‘rinli va dolzarb hisoblanadi. Uning hayotga tatbiq etilishi, shubhasiz, atrof-muhitga salbiy ta’sirlarni hamda inson salomatligi uchun xavf-xatarlarni kamaytiradi.
O‘zbekiston ekologik partiyasi va nomzodlarimizga ovoz bering!
LiveBarchasi