Xitoyda plastik idishlardan foydalanish taqiqlanadi
Olam
−
20 yanvar 2020
6283Xitoyda 2020 yilning so‘ngidan bir martalik foydalaniladigan plastik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish taqiqlanadi. Bu haqda Xitoy ekologiya vazirligi taqdim etgan ma’lumotga asoslanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, plastik idishlarni ishlab chiqarish va sotishga 2020 yil oxiriga qadar ruxsat beriladi. Joriy yilning o‘zidayoq kimyoviy zarralarga ega plastik idishlardan foydalanish taqiqlandi. Bunday mahsulotlarni sotish 2022 yilga kelib batamom to‘xtatiladi.
Shuningdek, ushbu taqiqlar yupqa plastik qoplar va qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ishlatiladigan plyonkalarga, shu bilan birga, mamlakatga plastik chiqindilarni import qilishga ham tadbiq etiladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dastur 5 yilikka mo‘ljallangan bo‘lib, unga bosqichma-bosqich o‘tiladi. 2020 yilda taqiq nafaqat yirik shaharlarda, balki viloyatlarda ham qo‘llaniladi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi