Bir qator tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi
Jamiyat
−
28 yanvar 2022
92792022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar bir qator tadbirkorlik sub’ektlari uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Xizmatlar sohasini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.
Qarorga ko‘ra, quyidagi sohalarda faoliyat olib boradigan tadbirkorlik sub’ektlari uchun 2022 yil 1 apreldan 2025 yil 1 yanvarga qadar ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz etib belgilandi:
• chakana savdo va umumiy ovqatlanish;
• mehmonxona (joylashtirish) xizmatlari;
• avtotransportda yo‘lovchi va yuk tashish;
• transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish;
• kompyuter xizmatlari;
• maishiy texnikani ta’mirlash;
• agro va veterinariya xizmatlarini ko‘rsatish;
• ko‘ngilochar maskanlarda xizmatlar ko‘rsatish.
Qayd etilishicha, mazkur soliq imtiyozi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan, agar ularning mazkur kichik bandda ko‘rsatilgan faoliyat turlarini amalga oshirishdan olgan daromadlari joriy hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadning kamida 60 foizini tashkil etsa, qo‘llaniladi.
Shuningdek, mazkur faoliyat turlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan xodimlar sonini yashirish holatlari aniqlanganda, mazkur soliq imtiyozining amal qilishi to‘xtatiladi hamda qonunchilikda belgilangan moliyaviy sanksiyalar qo‘llaniladi.
LiveBarchasi