Bir qator mamlakatlarda koronavirus bilan bog‘liq holatlar minimallashdi

Salomatlik

image

Bir qator Yevropa mamlakatlarida koronavirus pandemiyasi sur’ati pasaymoqda. Ispaniyada so‘nggi ikki oyning eng kam o‘lim holati kuzatilgan bo‘lsa, Germaniyada kasallikka chalinish keskin kamaydi.

Kecha, 16 may kuni Ispaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bir sutkada 102 kishi vafot etgan. Mart oyining o‘rtalaridan beri bu eng minimal ko‘rsatkich hisoblanadi. Bir hafta oldingi statistikaga nazar solsak bu ko‘rsatkich 229 kishini tashkil qilayotgan edi.

Mamlakatda kun davomida 539 ta yangi holat aniqlanib, ularning umumiy soni 230 698 nafarni tashkil etdi. Umumiy 146 446 bemor sog‘ayib, bu ko‘rsatkich bir sutkada 1663 taga oshdi.

Shu bilan birga, Germaniyada, Robert Koch institutining ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutkada koronavirus infeksiyasining yangi holatlari soni 620 tashil qildi. So‘nggi kunlarda bu raqam 900 dan tushmayotgan edi.

Shuningdek, o‘lim soni deyarli ikki baravar kamayib, kuniga 57 kishini tashkil qildi.

Mamlakatda epidemiya boshlanganidan beri tasdiqlangan infeksiyalarning umumiy soni 173 772 ga yetdi. Shundan 7 881 nafar bemor vafot etdi, 152 600 sog‘aydi.

Eronda ham yuzaga kelgan vaziyatni ta’kidlash joiz. Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, bir kunda u yerda 35 kishi koronavirusdan vafot etgan. Bu kamida ikki oylik eng kam ko‘rsatkich hisoblanib turibdi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus

Baholaganlar

149

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing