UzAuto Motors avtomobillari narxi ko‘tarildi...mi?
Jamiyat
−
19 fevral 2020
30764Ijtimoiy tarmoqlarda UzAuto Motors avtomobillarining narxi oshgani haqida xabarlar tarqaldi. Kompaniya ko‘plab xaridorlarni qiziqtirayotgan narxlardagi o‘zgarishlarga izoh berib, narxlar oshmaganini ma’lum qildi.
Gap shundaki, 2020 yildan boshlab “UzAuto Motors AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi komplektatsiyalaridagi Spark, Cobalt, Lacetti avtomobillari jahon standartlariga oid texnik reglamentga amal qilgan holda ba’zi qo‘shimcha opsiyalar bilan jihozlanmoqda.
Shu bois mazkur opsiyalarning belgilangan narxi avtomobil narxiga qo‘shimcha sifatida qo‘shilgan. Ya’ni avtombil narxi o‘z-o‘zidan emas, qo‘shimcha opsiya o‘rnatilgani uchun biroz oshgan.
Mazkur holat diler va haridor o‘rtasida tuziladigan shartnomaning 2.4 bandida ham keltirib o‘tilgan. Yangi opsiyalar bilan hisoblaganda narxlar quyidagicha:
Shuningdek, xaridorda o‘z xohishiga binoan to‘langan to‘lov summani qaytarish sharti bilan tovarni qabul qilishdan voz kechish, qiymatdagi farqni to‘lash yoki tovarni yetkazib berilishi mumkin bo‘lgan boshqa model va modifikatsiyadagisiga almashtirish huquqi saqlanib qoladi.
LiveBarchasi