Bir guruh nemis diplomatlari Rossiyani tark etdi
Olam
−
01 may 2023
6562Bugun, 1 may kuni Germaniya missiyalari xodimlarining bir qismi Rossiyani tark etdi. Bu haqda Germaniya Tashqi ishlar vazirligi ularning aniq sonini keltirmagan holda ma’lum qildi.
Aytilishicha, so‘nggi haftalarda Germaniya hukumati Rossiya maxsus xizmatlarining Germaniyada bo‘lishini kamaytirish maqsadida Rossiya tomoni bilan aloqalarni davom ettirgan. Natijada o‘tgan oy o‘rtalarida Rossiya missiyalarining ayrim xodimlari Germaniyani tark etgan. Germaniya hukumati ularning faoliyati diplomatik maqomiga to‘g‘ri kelmasligini aytgan.
“Rossiya hukumati, o‘z navbatida, Germaniya missiyalarining xuddi shunday miqdordagi xodimlarini mamlakatni tark etishni so‘radi. Ular bugun, 1 may kuni Rossiyani tark etdi”, deyiladi TIV bayonotida.
Ma’lumot uchun, aprel oyi oxirida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Berlinning harakatlariga javoban 20 dan ortiq nemis diplomatlari Moskvadan chiqarib yuborilishini aytgan. O‘z navbatida, Germaniyadagi “Bild” gazetasi manbalariga tayanib, u yerda ishlayotgan 90 ga yaqin nemis diplomatidan 34 nafari Rossiyani tark etishga majbur bo‘lganini da’vo qilgan.
LiveBarchasi