Bir haftada uchinchi marta yo‘q reys uchun aeroportda odamlar to‘plandi

Jamiyat

image

Kecha, 8 noyabr kuni Navoiy xalqaro aeroportida Rossiyaning Moskva va Sankt-Peterburg shaharlariga parvoz qilish niyatidagi odamlar to‘plandi. “Uzbekistan Airports” AJ holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 8 noyabr kuni tushdan keyin Navoiy xalqaro aeroportiga IFly aviakompaniyasining Navoiy – Moskva va Navoiy – Sankt-Peterburg yo‘nalishidagi reyslari bilan parvoz qilish niyatida yo‘lovchilar kela boshlagan. Biroq, bu reyslar jadvalda bo‘lmagan.

Yo‘lovchilarning so‘zlariga qaraganda, ular aviachiptalarni Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlarida joylashgan “Vostok Buxoro” kompaniyasining turli filiallaridan sotib olganlar. Mahalliy vaqt bilan soat 18:00da aeroportda 200 kishi to‘plangan.

“Navoiy aeroporti xodimlari chiptalarni sotgan kompaniya bilan bog‘lanib, yo‘lovchilarga barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etishni va mavjud vaziyatni hal etishni talab qildilar. Kompaniya vakillari barcha yo‘lovchilarga chipta uchun pul qaytarib berilishini aytdi”, deyiladi “Uzbekistan Airports” xabarida.

Ma’lumot uchun, jadvalda yo‘q reys uchun aeroportda odamlar to‘planib qolishi bundan oldin ham ikki marta yuz berdi. Joriy yilning 3 noyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida, 5 noyabrda esa Urganch xalqaro aeroportida yo‘q reysga chipta olgan odamlar to‘planib qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

268

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing