Bir hafta oldin Putin bilan uchrashgan Erdo‘g‘an Rossiyaga safar qiladi

Olam

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an joriy yilning 5 avgust kuni Sochiga borishni rejalashtiryapti. Bu haqda TRT Haber yozmoqda.

“Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an 5 avgust kuni Sochiga borishni rejalashtiryapti”, deyilgan xabarda.

U Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar olib borishi kutilmoqda. Ikki davlat rahbarlari Ukrainadagi vaziyat va “mahsulot kelishuvi”ni muhokama qiladi.

Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov RIA Novosti agentligiga Putin Erdo‘g‘anni Sochida 5 avgust kuni qabul qilishini tasdiqlagan.

Qayd etish kerakki, Erdo‘g‘an va Putin uchrashganiga endigina bir hafta bo‘ldi. Ikki davlat rahbarlari Tehronda Suriyada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Ostona formatidagi sammit doirasida uchrashgandi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

99

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing