Billi Aylishdan tortib Eron ayollarigacha. Yilning eng nufuzli ayollari reytingi e’lon qilindi
Bu qiziq
−
01 dekabr 2022
6749Amerikalik qo‘shiqchi Billi Aylish, Britaniya shahzodasi Garrining rafiqasi – Sasseks gersoginyasi Megan Markl va sport faoliyatini yakunlagan tennischi Serena Uilyams eng nufuzli ayollar 25 talik ro‘yxatiga kirdi. Ushbu reyting “Financial Times” nashri tomonidan tuzildi.
Mazkur reytingga AQSH Oliy sudi sudyasi, birinchi afro-amerikalik ayol Ketanji Braun Jekson, “Yves Saint Laurent” bosh direktori Francheska Bellettini, “Citigroup” bosh direktori Jeyn Freyzer, Finlyandiya Bosh vaziri Sanna Marin, Kolumbiya vitse-prezidenti Fransiya Markes va Pokistonning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha vaziri Sherri Rahmon kirgan.
Bundan tashqari, ro‘yxatdan Barbados Bosh vaziri Mia Mottli, Britaniya sug‘urta kompaniyasi rahbari Amanda Blank, Amazon asoschisi Jeff Bezosning sobiq rafiqasi, xayriyachi Makkenzi Skott, jamoa bilan Yevropa chempionatida g‘olib chiqqan Angliya ayollar futbol jamoasi bosh murabbiyi Sarina Vigman, “Hammasi, hamma joyda, bir vaqtning o‘zida” filmida rol o‘ynagan malayziyalik aktrisa Mishel Yeo, Fransiyaning adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Anni Erno o‘rin olgan.
Shuningdek, ro‘yxatga Ukraina fuqaro erkinliklari markazi raisi Aleksandra Matviychuk ham kiritilgan.
Yilning eng nufuzli ayollari qatorida Qo‘shma Shtatlardagi eng yirik dorixonalar tarmog‘iga egalik qiluvchi CVS Health rahbari Karen Linch, amerikalik yozuvchi Jeymi Fiore Xiggins va gollandiyalik ayollarning abort qilish huquqi faoli Rebekka Gomperts e’tirof etilgan.
Shu bilan birga, gazeta ro‘yxatga Yaponiya quruqlik kuchlarining sobiq a’zosi Irina Gononi, butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlariga chiqqan Eron ayollarini, keniyalik eko-faol Paula Kaxumbuni kiritgan.
Zimbabvelik yozuvchi Sitsi Dangarembga, nemis rassomi Anna Imxof va “Men qizarib ketyapman” animatsion filmini suratga olgan xitoy-kanadalik rejissyor Domi Shi ham ushbu ro‘yxatdan joy egallashga ulgurgan.
LiveBarchasi