Bill Geyts vaksina ishlab chiqarish uchun juda katta sarmoya kiritdi
Salomatlik
−
27 may 2020
8313AQSHda joylashgan “Novavax“ biotexnologik firmasi Microsoft asoschisi Bill Geytsdan koronavirus vaksinasi uchun 388 million dollar oldi. “Novavax“ sarmoya kiritilgandan keyin vaksina sinovini e’lon qildi.
Amerikaning biotexnologiya kompaniyasi “Novavax“ o‘z bayonotida aytishicha, ular koronavirus vaksinasini sinovdan o‘tkazishni boshladilar. Shuningdek, Microsoft asoschisi Bill Geytsning katta sarmoyasi bilan birinchi klinik sinovlarini davom ettirmoqdalar.
Firma sinovlarning birinchi bosqichida vaksinani odamlarda sinab ko‘rishini aytdi. “Novavax“ning so‘zlariga ko‘ra, ular NVX-CoV2373 deb atagan vaksina Avstraliyadagi 130 sog‘lom odamlarda sinovdan o‘tkaziladi. Agar birinchi klinik sinovlar ijobiy natija beradigan bo‘lsa, vaksina sinovining ikkinchi bosqichi boshlanishi ta’kidlandi.
Ikkinchi bosqichda “Novavax“ dunyoning turli burchaklaridan kelgan turli yosh guruhlarida tajriba o‘tkazadi. Firma klinik tajribalarining birinchi bosqichi natijalarini iyul oyida olishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hozirda dunyo bo‘ylab 100 ga yaqin vaksina ishlab chiqilmoqda. Ulardan 10 tasi klinik ya’ni odamlarda sinovdan o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi