Bill Geyts rafiqasi bilan rasman ajrashdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Microsoft asoschisi Bill Geyts va uning rafiqasi Melinda French Geyts ajrashish jarayonini rasman yakunladi. Bu haqda CNN Business xabar bergan.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 2 avgust kuni ularning ajrashish to‘g‘risidagi qarori sud tomonidan tasdiqlangan. Sud hujjatlariga ko‘ra, sobiq er-xotin bir-biriga aliment to‘lamaydi. Ajralishning moliyaviy tomoni haqida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmagan.

Hujjatlar, shuningdek, Melinda French Geyts ism va familiyasini o‘zgartirmoqchi emasligini ko‘rsatgan.

Bill va Melinda Geyts joriy yilning may oyi boshida ajrashishlari haqida e’lon qildi. Ular 27 yil birgalikda hayot kechirgan. Ularning qo‘shma bayonotida aytilishicha, ajrashish qaroridan oldin “munosabatlar haqida uzoq o‘ylash va jiddiy ishlash” kerak bo‘lgan. Sobiq er-xotin o‘zlari asos solgan Bill va Melinda Geyts jamg‘armasida birgalikda ishlashda davom etishlarini ta’kidlagan.

Ular 1987 yilda, Melinda Microsoft’da menejer sifatida ishlay boshlaganida uchrashgan. Bill va Melinda 1994 yilda Gavayida turmush qurgan. Ularning uchta farzandi bor: Jennifer Katarin Geyts, Rori Jon Geyts va Fibi Adel Geyts.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing