Bezos Maskni “ortda qoldirdi”

Olam 4968
image

Amerikaning Amazon korporatsiyasi rahbari Jeff Bezos Tesla va SpaceX rahbari Ilon Maskni ortda qoldirib, dunyoning eng boy odamlari reytingidan birinchi o‘rinni egalladi. Bu "Bloomberg" hisob-kitoblariga ko‘ra aniqlangan. 

Agentlikning ma’lumotlariga ko‘ra, Bezosning boyligi 191 milliard dollarga yetgan. 

Kecha, 16 fevral kuni bo‘lib o‘tgan birja savdolari natijalariga ko‘ra, Bezos 372 million dollarga kambag‘allashgan. 

Maskning aktivlari umumiy qiymati 190 milliard dollarni tashkil qilgan. 

Tesla aksiyalarining narxi pasayishi tufayli uning boyligi 4,5 milliard dollarga kamaygan. 

Shunday qilib, Bezos dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida birinchi o‘rinni, Mask esa ikkinchi o‘rinni egallagan. 

Reytingning uchinchi o‘rni Microsoft korporatsiyasi asoschisi Bill Geytsga nasib etgan, uning boyligi 137 milliard dollarga baholanmoqda.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 268
Reyting: 3
Teglar
t
×