Betob qiz uchun xalqdan yordam so‘rab, pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
28 Sentabr
7179Qoraqalpog‘istonda yashovchi betob qiz nomidan akkaunt ochib, xalqdan yig‘ilgan pullarni o‘zlashtirgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda O‘zbekiston IIV TQD Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchi ayol I.G. ariza bilan murojaat qilib, noma’lum shaxs uning qizining fotosuratini ijtimoiy tarmoqlarga joylaganini bildirgan va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyatni Farg‘ona viloyatida yashovchi D.M. sodir etgani aniqlangan.
Bildirilishicha, gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan D.M., arizachi I.G.ning betob qizi X.L.ning nomidan akkaunt ochib, uning fotosurati va video tasvirlarini hamda o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartalarini uning nomidan ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlarga joylagan va operatsiya uchun xalqdan yordam puli so‘rab, aldash yo‘li orqali fuqarolarning xayriya tariqasida o‘tkazgan pullarini o‘zlashtirib kelgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan D.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham “Betob qizning operatsiyasi uchun” deya o‘zganing nomidan akkaunt ochib, fuqarolarning pullarini o‘zlashtirib kelgan firibgar qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi