“Beshiktosh” Saloh transferini e’lon qilishga tayyorlanmoqda
Sport
−
09:52 954 1 daqiqa
Bugun, 27 iyul kuni Turkiyaning “Beshiktosh” klubi misrlik qanot hujumchisi Muhammad Salohning transferini rasman e’lon qilishi mumkin. Bu haqda turkiyalik jurnalist Atakan Kurt ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, klub allaqachon Salohning ismi tushirilgan formalarni tayyorlab qo‘ygan va transfer uchun barcha tashkiliy tayyorgarlik ishlarini yakunlagan.
Jurnalistning ta’kidlashicha, transfer bugun, 27 iyul kuni rasman e’lon qilinishi kutilmoqda. Shundan so‘ng, Saloh aeroportda tantanali kutib olinadi, keyin esa “Beshiktosh” stadionida shartnoma imzolash marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Turkiya ommaviy axborot vositalari avvalroq “Beshiktosh” Muhammad Saloh transferi ustida faol ish olib borayotgani va misrlik yulduzni yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rayotgani haqida xabar bergan edi.
Eslatib o‘tamiz, Muhammad Saloh bu yozda “Liverpul”ni erkin agent maqomida tark etgan.
Live
Barchasi