Besh nafar sudya jazoga tortildi

Jamiyat

image

Mas’uliyatsizligi va faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 5 nafar sudya intizomiy jazoga tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sudyalar oliy kengashi qarori bilan:

•  Sirdaryo viloyati sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi S.Rasulov;

•  Xorazm viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Yangibozor tuman sudining raisi Sh. Xo‘janiyozov;

•  Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudining raisi R. Kamalova;

•  Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi raisining o‘rinbosari F. Ismoilova;

•  Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining sudyasi A. Shomahmudov intizomiy jazoga tortildi.

Avvalroq, Toshkent, Andijon va Buxoro viloyatlarida 4 nafar sudyaning vakolati muddatidan avval tugatilgani haqida xabar bergan edik. Shuningdek, Toshkent va Namangan viloyatlarida qonuniylikni buzgan ikki nafar sudya lavozimidan ozod etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, fevral oyining birinchi dekadasida Andijon viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining raisi R.Turginov va Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Jomboy tuman sudining raisi M.Sheryigitov yozma arizalariga binoan, Buxoro viloyati sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi Sh.Ne’matov esa sudyalik qasamyodini buzgani uchun  lavozimlaridan ozod etilib, vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

135

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing