Besh davlat Prezidenti Toshkentda nimalarni muhokama qiladi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 noyabr kuni Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining ikkinchi Maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadilar.

Uchrashuv so‘nggida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvlarini muntazam o‘tkazish tashabbusi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2017 yil sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan edi. Birinchi sammit o‘tgan yilning mart oyida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Maslahat uchrashuvi

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing